📅25 iyul 2025 yil
📍Moskva viloyati, Rossiya
🇺🇿 OʻZBEKISTONLIK YOSH CHAVANDOZLAR MOSKVA VILOYATIDA OʻTKAZILGAN OT SPORTI MUSOBAQASIDA ;
2025 yil 24–26 iyul kunlari Moskva viloyatida boʻlib oʻtayotgan xalqaro ot sporti musobaqalari doirasida “Mini Masters” va “Cup Masters” bosqichlarining navbatdagi bellashuvlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
25 iyul kuni oʻtkazilgan bahslarda quyidagi yosh va iqtidorli chavandozlar yuqori natijalarga 80sm balandlikda erishdilar:
🥇Maria Lebedeva
🥈Darya Shmanova
🥉Viktoriya Vipiritskaya
🏅4-oʻrin — Mariam Khidirova
🏅5-oʻrin — Slava Kiseleva
Barchani ushbu yutuqlar bilan chin dildan tabriklaymiz! Yosh boʻlishiga qaramay, chavandozlar ajoyib natijalarni namoyon etmoqdalar.🌎
📣Ushbu musobaqalar nafaqat sport sohasidagi muvaffaqiyatlar, balki yoshlar oʻrtasida xalqaro doʻstlik va tajriba almashinuvi uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilmoqda.
#TeamUzbekistan #OtSporti #UzEquestrian #sportxabarlari #sportyanglik 🪙

