🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi “Xalqlar do’stligi” xalqaro Ot ustida

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi “Xalqlar do’stligi” xalqaro Ot ustida kamondan otish musobaqasida munosib ishtirok etdi! 🏹🐎

2025-yil 25–27 iyul kunlari 🇷🇺 Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqlar dóstligi” nomli xalqaro ot ustida kamondan otish musobaqasida 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi faol ishtirok etdi.

🌎Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etdi,jumladan ;

🇧🇾 Belarus
🇵🇰 Pokiston
🇿🇦 Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)
🇹🇷 Turkiya
🇬🇳 Gvineya
🇯🇴 Iordaniya
🇲🇳 Mongoliya
🇰🇬 Qirg‘iziston
🇷🇺 Rossiya
…va boshqa davlatlar

30 nafar kuchli va iqtidorli sportchilar o‘rtasida kechgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi.

🇺🇿 Yurtdoshlarimiz Saidxonov Salmonxon va Muhammadov Samandar ilk bor bunday yirik xalqaro musobaqada qatnashib, 14–15-o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.

🟢Bu O‘zbekiston sporti uchun faxrli va umidbaxsh natijadir — sportchilarimiz ilk ishtirokidayoq o‘zining salohiyatini namoyon qildi.

📌Musobaqa o‘z yakuniga yetdi. Terma jamoamiz xalqaro maydonda yana bir bor o‘zining qat’iyati va tayyorgarligini isbotladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥
🔗 #UzbekistanArchery 🇺🇿 #KamondanOtish #HorsebackArchery 🏹🐎#DostlikXalqlari2025 #TeamUzbekistan #SportYangiliklari