2025 yil 15 avgust kuni Moskva viloyatida joylashgan KSK

2025 yil 15 avgust kuni Moskva viloyatida joylashgan KSK Horseko ot sporti majmuasida Ot sportining to’siqlardan sakrash turi bo’yicha xalqaro musobaqa bo’lib o’tmoqda . Unda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan sportchilar bilan bir qatorda o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.🌎
Musobaqaning 15-avgust kungi dasturida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi:
135 sm toifadagi sakrash bahslarida
Begzod Kurbanov SantosHippico laqabli oti bilan a’lo darajada chiqish qilib, 3-o‘rinni egalladi.
Alisher Erkinov esa Cool Dancer oti bilan ushbu toifada 4-o‘rinda yakunladi.
120 sm toifadagi bahslarda esa
Bahromjon Gaziyev uchli raqobatchilar orasida munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu natijalar O‘zbekiston ot sporti vakillarining xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda. Musobaqa davom etmoqda va oldinda sportchilarimizni yangi sinovlar kutmoqda.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dunyoxabarlari #sportxabarlari #Otsporti #SportMaktabi #XalqaroMusobaqa #Live ✔️