2025 yil 20 avgust kuni Toshkent shahar “Chavandozlar maktabi”da

2025 yil 20 avgust kuni Toshkent shahar “Chavandozlar maktabi”da yangi direktorni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari S.D.Mamayusupov olib bordi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi B.V.Gaziyev ham ishitrok etdi.
Shuningdek Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari S.D.Mamayusupov federatsiyamiz raisi B.Gaziyevga Qo‘mondonlik hamda federatsiya o‘rtasidagi chuqur hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. “Chavandozlar maktabi” nafaqaga ko‘zatilgan eski direktori M.M.Mahkamov faoliyati davomida federatsiya bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar uchun federatsiyaning barcha rahbar va xodimlarga raxmat aytdi. Qo‘mondon o‘rinbosari yangi direktor X.X. Hamrayevga kelgusida ham yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish vazifasini yukladi. B.Gaziyev so‘zga chiqib ot sportini rivojlantirish bo‘yicha M.Mahkamovni olib borgan ishlarni yuksak baholadi shuningdek kelgusida yangi rahbar X.X. Hamrayevga ot sporti bo‘yicha har qanday masalalarda yordam berishini aytib o‘tdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari S.D.Mamayusupov va Qo‘mondon R.M.Djurayevga ot sportini rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#UzEquestrian #TeamUzbekistan #SportYutuqlari #XalqaroMusobaqa #OtSporti #SportYutuqlari ✔️