Moskvа viloyatida o‘tkazilgan “Horse Expert Cup” xalqaro musobaqasida Ozbekistonlik

Moskvа viloyatida o‘tkazilgan “Horse Expert Cup” xalqaro musobaqasida Ozbekistonlik chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi
📍Moskvа viloyati, Rossiya — 2025 yil 19 sentabr
2025 yil 19 sentabr kuni Rossiyaning Moskvа viloyatida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan nufuzli xalqaro turnir — “Horse Expert Cup” ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda to‘siqlardan sakrash (show jumping) yo‘nalishida kuchli sportchilar o‘zaro bellashdilar.
Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan chavandozlarimiz munosib ishtirok etib, quyidagi yutuqlarga erishdilar:
🥇1-o‘rin — Dushenko Marina
Sakrash balandligi: 110 sm
🥈2-o‘rin — Xurshidbek Almižanov
Sakrash balandligi: 115 sm
🥉3-o‘rin — G‘ayrat Nazarov
Sakrash balandligi: 110 sm
🥉3-o‘rin — Erkinov Alisher
Sakrash balandligi: 125 sm
Musobaqada qatnashgan barcha chavandozlar yuqori tayyorgarlik va mahorat namoyon etdilar. Ayniqsa, Ozbekistonlik sportchilarning natijalari mamlakatimizda ot sporti tobora rivojlanayotganining yaqqol isboti bo‘ldi.
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yirik yutuq bilan tabriklaydi va ularga kelgusi musobaqalarda yanada katta zafarlar tilaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Chavandozlar #Otsporti #UzSport #Uzbekistan #OliyMahorat #Live ✔️💌