2025-yil 20-sentabr, Qashqadaryo viloyati
“O‘zbekiston otlari” ko‘rgazmasida Milliy gvardiya R.O.S.M.M. chavandozlarining namoyish chiqishlari bo‘lib o‘tdi
2025-yil 20-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston otlari” nomli ko‘rgazmada Milliy gvardiya huzuridagi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining iqtidorli chavandoz qizlari ot sportining ot yo‘rttirish (dressaj) yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.
Mazkur chiqishlarda quyidagi xalqaro toifadagi sport ustalari ishtirok etdi:
Abdulloeva Feruza
Evdokiya Kemalova
Inna Takmakova
Dvoryanskiy Maksim
Rahmatullaeva Kseniya
Sportchilarning murabbiylari — tajribali murabbiy Anna Borisovna va ot yo‘rttirish bo‘yicha bosh murabbiy Nadejda Yuryevna ham tadbirda faol qatnashdilar hamda o‘z shogirdlarining chiqishlarini muvofiqlashtirib bordilar.
Ko‘rgazmali chiqishlar tomoshabinlar va sport ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir davomida ot sportining nafisligi, intizomi va yuksak estetik talablari keng jamoatchilikka namoyon etildi.
🇺🇿🎉🇺🇿🎉🇺🇿🎉
Milliy gvardiya huzuridagi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi — mamlakatimizda ot sportining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha professional sportchilarni tayyorlaydigan yetakchi 📥muassasalardan biridir.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Live #OliyMahorat #Uzbekistan #Otsporti #xabarlar 🎉🏆
