Trenerlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📅Sana: 2025-yil 4-oktyabr
📍Manzil: Toshkent shahri
👥Tashkilotchi: O‘zbekiston Yilqichilik Ot Sporti Federatsiyasi
2025-yil 4-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Yilqichilik Ot Sporti Federatsiyasi tomonidan Trenerlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi. Tadbirda federatsiya rahbariyati, trenerlar, hakamlar, sohaga aloqador mutaxassislar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Federatsiya raisi B. Gaziyev, sport maktabi direktori M.Bobxojayevich hamda federatsiya raisining o‘rinbosari Shavkat Fozilovich faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va tegishli takliflar bilan chiqish qildilar.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar:
✅2025-yilgi faoliyat tahlili – Trenerlar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar, sportchilar tayyorgarligi va erishilgan yutuqlar tahlil qilindi.
✅Hakamlar bilan hamkorlik – Musobaqalarda xolislik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
✅Elektron pasport tizimi – 2026-yildan boshlab otlar uchun yagona elektron identifikatsiya tizimi joriy etilishi ma’lum qilindi.
✅Trenerlar malakasini oshirish – Hududiy sport maktablari bilan hamkorlikda amaliy seminar va master-klasslar o‘tkazilishi rejalashtirildi.
✅Bosh trener lavozimi – Katta trener lavozimi uchun nomzodlar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yakuniy xulosa:
Federatsiya raisi B. Gaziyev o‘z nutqida:
Mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolarni ham chuqur tahlil qilish lozimligini;
Sportchilarni xalqaro musobaqalarga sifatli tayyorlash zarurligini;
Trener va hakamlar o‘rtasidagi tizimli hamkorlikni kuchaytirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunida Trenerlar kengashi tomonidan ot sportini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xususan:
🔹 Infratuzilmani yaxshilash
🔹 Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish
🔹 Malakali mutaxassislarni sohaga jalb etish
ushbu yo‘nalishlar asosiy ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
