2025 yil 15–16 noyabr kunlari ot sportining uch kurash

2025 yil 15–16 noyabr kunlari ot sportining uch kurash (eventing) yo‘nalishi bo‘yicha FEI Eventing Challenge World 2025 xalqaro musobaqasi yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilib, o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar FEI talablariga to‘liq mos ravishda chiqish qilib, yuqori mahorat, intizom va sport madaniyatini namoyish etdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra sovrindorlar quyidagicha aniqlangan:
1-o‘rin: Abdullaev Maruf — Yodgor Sher
2-o‘rin: Abdurahmonova Meddina — Gudmen Ji
3-o‘rin: Sadikova Alisa — Garpus
G‘olib va sovrindorlar FEI standartlariga muvofiq diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchilar, trenerlar, hakamlar hay’ati, volontyorlar hamda musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga hissa qo‘shgan barcha hamkorlarga minnatdorlik bildiriladi.
Shuningdek, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi FEI Eventing Challenge musobaqasi uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlanganini ma’lum qilamiz. Kelgusi yildagi musobaqalarda barcha sportchilarga ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yuksak natijalar tilab qolamiz.