O‘zbekistonlik sportchi Elina Akromova AQShda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada bronza

O‘zbekistonlik sportchi Elina Akromova AQShda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
2025 yil 17 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida ot sportining to‘siqlardan sakrash 100 sm balandlikda show jumping yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Elina Akromova himoya qildi.
Elina Akromova yuqori raqobat va tajribali ishtirokchilar o‘rtasida munosib ishtirok etib, muvaffaqiyatli chiqishlari natijasida uchinchi o‘rinni egalladi hamda bronza medali bilan taqdirlandi.
Ushbu natija sportchimizning xalqaro maydondagi muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda ot sporti rivojiga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash samarasidir. Shuningdek, mazkur g‘alaba O‘zbekiston ot sportining jahon sport maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ot sporti federatsiyasi Elina Akromovani ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ham yuksak natijalar tilaydi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Olympics2028 #UzbekistanEquestrian #UzbekistanEquestrian #FEIJumpingWorldChallenge #UzEquestrian #usa