20–23 noyabr 2025 yil, Fujayra amirligi (BAA)Ot sportining to‘siqlardan

20–23 noyabr 2025 yil, Fujayra amirligi (BAA)
Ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* toifasidagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi a’zosi Abdulaev Abdurahmon yuqori mahorat namoyish etib, 150 sm balandlikdagi marshrutda ikkinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning kumush medali sovrindori bo‘ldi.
Mazkur musobaqa jahon sport kalendarining nufuzli bosqichlaridan biri sifatida e’tirof etiladi hamda unda dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etdi. Abdulaev Abdurahmonning ushbu yutug‘i xalqaro reyting uchun muhim ahamiyat kasb etib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun zarur litsenziyaviy ochkolar jamg‘arish jarayonida muhim natija sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston Yiliqchlik va Ot Sporti Federatsiyasi sportchini, uning murabbiylar shtabini ва ushbu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan barcha mutaxassislarni chin dildan tabriklaydi. Federatsiya jamoamizning xalqaro maydonlardagi mavqeini yanada mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qiladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Jumping #HorseSport #ProudlyUzbekistan #Dubai2025 #Otsporti #Sport2025 📬