2025 yil 25 noyabr, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya ot sporti bo’yicha respublika
oliy sport mahorati maktabida
2026 yil musobaqalari taqvimi bo‘yicha muhim yig‘ilish o‘tkazildi.
2025 yil 25 noyabr kuni O’zbekiston yiliqchilik va ot sporti federatsiya raisi Gaziev Bahromjon rahbarligida 2026 yil uchun mo‘ljallangan musobaqalar taqvimi hamda tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda federatsiya va ROSMM rahbariyati, bosh murabbiy, soha mutaxassislari va sport bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida bosh murabbiy tomonidan ishlab chiqilgan 2026 yilgi ot sporti musobaqalari taqvimi taqdim etildi va undagi har bir sport tadbiri atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusi yilgi respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish strategiyasi, sportchilarning tayyorgarlik dasturlari hamda mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi yana bir muhim masala yoshlar o‘rtasida ot sportini ommalashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘ldi.
Muhokamalar natijalariga ko‘ra quyidagi vazifalar belgilab olindi:
musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarini tizimli ravishda nazorat qilish;
trenerlar tarkibini kuchaytirish va malakasini oshirish;
sportchilar uchun zamonaviy mashg‘ulot sharoitlarini yaratish;
yangilangan o‘quv-trenirovka dasturini amaliyotga joriy etish.
Yig‘ilish yakunida Rais Gaziev Bahromjon 2026 yilni Ot sporti oliy mahorati maktabi uchun mas’uliyatli va strategik bosqich sifatida baholab, sportchilar yuqori natijalarga erishishi uchun barcha zarur imkoniyatlar safarbar etilishini ta’kidladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OtSporti #TeamUzbekistan #showjumpersofinstagram #HorseSport ✨

