Abu-Dabi, BAA — 2025 yil 27–30 noyabr
2025 yilning 27–30 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan Al Bahiyya International Equestrian Arena majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* hamda CSIYH1* toifadagi nufuzli xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur turnir jahonning eng kuchli chavandozlari ishtirok etadigan, zamonaviy xalqaro talablarga to‘liq mos maydonlarda o‘tkazilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Musobaqa davomida sportchilar to‘siqlardan o‘tish aniqligi va marra vaqti bo‘yicha baholanadilar.
O‘zbekiston terma jamoasi ishtiroki
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi mazkur musobaqada quyidagi tarkib bilan qatnashmoqda. Sportchilarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etish, xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish, hamda 2028 yilgi yirik xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan litsenziya jarayonidagi muhim uchrashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilgan.
Muhim natija
28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Kurbanov Bekzod musobaqaning TOP-10 taligidan joy olib, faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Bu natija jamoamiz uchun muhim yutuq bo‘lib, sportchining xalqaro maydondagi o‘sib borayotgan mahorati va raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Dubai2025 #showjumpersofinstagram #TeamUzbekistan #ProudlyUzbekistan ✨

