O‘zbekiston chavandozlari 2025 yil 4–7 dekabr kunlari BAAning Buthib

O‘zbekiston chavandozlari 2025 yil 4–7 dekabr kunlari BAAning Buthib shahrida bo‘lib o‘tadigan CSI1* va CSI2* xalqaro musobaqalarida ishtirok etadi
2025 yil 4–7 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Vaa amiratida joylashgan Buthib Xalqaro Ot Sporti Markazida o‘tkaziladigan CSI1* va CSI2* toifali xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston chavandozlari ishtirok etishini ma’lum qiladi.
Mazkur musobaqalar FEI xalqaro taqvimining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, jahon reyting ochkolari hamda AKSh–2028 Olimpiya o‘yinlari saralash jarayonida alohida ahamiyatga ega.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda qatnashadi:
Abdulaev Feruz
Abduahmon Abdulaev
Kurbanov Bekzod
Chavandozlarimiz musobaqalarda yuqori natijalar qayd etish, xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish va mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilishni maqsad qilgan. Shuningdek, jamoamizdan Olimpiada litsenziyasi uchun kurashda muvaffaqiyatli ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Ot Sporti Federatsiyasi sportchilarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha hamkor tashkilotlarga va murabbiylarga minnatdorlik bildiradi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #Omad #HorseSport #uzxabarlar