Bugun BAAning Al-Ayn shahrida nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari

Bugun BAAning Al-Ayn shahrida nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari start oldi.

25–28-dekabr kunlari Al Ain (BAA) shahrida CSI3-W va CSIYH1** toifalaridagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi chavandozlar va sport otlari ishtirok etmoqda.

Mazkur bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev
Sharipov Akbar
Kurbanov Bekzod
Abdullayev Feruz
Abdullayev Abdurahmon

yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Al-Ayn shahrida o‘tayotgan ushbu turnir yuqori saviya, kuchli raqobat va professional mahorat bilan ajralib turishi kutilmoqda. O‘zbekiston chavandozlariga musobaqada omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!