🏹 O‘zbekiston tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha

🏹 O‘zbekiston tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi

📍 Universal Horses Stable
📅 4–6 mart

4–6 mart kunlari Toshkent shahrida mamlakatimiz tarixida ilk bor an’anaviy kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazildi. Ushbu nufuzli xalqaro musobaqa turli davlatlardan kelgan kuchli sportchilarni bir maydonga jamlab, an’anaviy sport turlarini rivojlantirishda muhim voqea bo‘ldi.

4 mart kuni musobaqa ishtirokchilari va mehmonlar yetib kelishdi. Turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Kipr, Rossiya hamda O‘zbekiston davlatlaridan sportchilar qatnashdi. Shu kuni sportchilar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilib, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rildi.

5 mart kuni musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bahslar boshlandi. Kun davomida saralash va kvalifikatsiya bosqichlari o‘tkazildi. Ushbu bosqichlarda sportchilar o‘z mahorati, aniqligi va bardoshini namoyish etib, final bosqichiga yo‘llanma olish uchun keskin kurash olib borishdi.

6 mart kuni musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi va g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.

🏹 50 metr masofa — Qalqon kategoriyasi

Ayollar
🥇 Zhappar Sabiliya — Qozog‘iston
🥈 Batikhan Aikorkem — Qozog‘iston
🥉 Akhmetova Liyazzat — Qozog‘iston

Erkaklar
🥇 Tapenov Erbol — Qozog‘iston
🥈 Zulpikharov Samal — Qozog‘iston
🥉 Akhmetov Dias — Qozog‘iston

🏹 40 metr masofa — Anor kategoriyasi

Ayollar
🥇 Akhmetova Liyazzat — Qozog‘iston
🥈 Zhappar Sabiliya — Qozog‘iston
🥉 Batikhan Aikorkem — Qozog‘iston

Erkaklar
🥇 Abdikirimov Maksat — Qozog‘iston
🥈 Rustam Narimbayev — O‘zbekiston
🥉 Muradili ulu Yntymak — Qirg‘iziston

Mazkur xalqaro musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, turli davlatlardan kelgan sportchilarni birlashtirdi hamda an’anaviy kamondan otish sportining boy tarixiy merosi va zamonaviy sport ruhini namoyon etdi.

Bunday musobaqalar an’anaviy kamondan otish sportini keng targ‘ib qilish, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash hamda ushbu sport turini O‘zbekistonda yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Tashkilotchilar va ishtirokchilar kelgusida ham bunday nufuzli turnirlar o‘tkazilib, dunyoning turli mamlakatlaridan yana ko‘plab sportchilarni birlashtirishiga ishonch bildirdilar. 🏹

🏹 Впервые в истории Узбекистана состоялся Кубок мира по традиционной стрельбе из лука

📍 Universal Horses Stable
📅 4–6 марта

С 4 по 6 марта в Ташкенте впервые в истории нашей страны прошёл международный турнир — Кубок мира по традиционной стрельбе из лука. Престижные соревнования собрали сильнейших спортсменов из разных стран и стали важным событием для развития традиционных видов спорта.

4 марта состоялось прибытие участников и гостей. В соревнованиях приняли участие спортсмены из Казахстана, Кыргызстана, Турции, Малайзии, Индонезии, Пакистана, Кипра, России и Узбекистана. В этот день также прошли тренировочные занятия и подготовка спортсменов к предстоящим стартам.

5 марта состоялось официальное открытие турнира и старт соревнований. В течение дня проходили отборочные и квалификационные этапы, по итогам которых определялись сильнейшие спортсмены, вышедшие в финальную часть турнира. Участники демонстрировали высокий уровень мастерства, точность и выдержку, а борьба за выход в финал была напряжённой и зрелищной.

6 марта прошли финальные соревнования, по итогам которых определились победители и призёры турнира.

🏹 Дистанция 50 метров — категория Qalqon

Женщины
🥇 Zhappar Sabiliya — Казахстан
🥈 Batikhan Aikorkem — Казахстан
🥉 Akhmetova Liyazzat — Казахстан

Мужчины
🥇 Tapenov Erbol — Казахстан
🥈 Zulpikharov Samal — Казахстан
🥉 Akhmetov Dias — Казахстан

🏹 Дистанция 40 метров — категория Anor

Женщины
🥇 Akhmetova Liyazzat — Казахстан
🥈 Zhappar Sabiliya — Казахстан
🥉 Batikhan Aikorkem — Казахстан

Мужчины
🥇 Abdikirimov Maksat — Казахстан
🥈 Rustam Narimbayev — Узбекистан
🥉 Muradili ulu Yntymak — Кыргызстан

Международный турнир прошёл на высоком организационном уровне, объединив спортсменов разных стран и продемонстрировав богатые традиции и спортивный дух древнего искусства стрельбы из лука.🏹