🐴FEI Sport Forum 2026 doirasida III-guruh mamlakatlari o‘rtasida Solidarity

🐴FEI Sport Forum 2026 doirasida III-guruh mamlakatlari o‘rtasida Solidarity Meeting uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Gaziyev Baxromjon FEI departamenti kengashi a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, FEI Solidarity tarkibiga quyidagi 11 ta davlat kiradi:

🔹 Kavkaz-Kaspiy guruhi — Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya
🔹 Markaziy Osiyo guruhi — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Eron
🔹 Sharqiy Yevropa guruhi — Rossiya, Belarus, Moldova

Yig‘ilish davomida FEI Solidarity dasturi direktori Jean-Philippe Camboulives milliy federatsiyalarning ot sportiga qiziqishlari, ehtiyojlari va dolzarb masalalari bilan batafsil tanishdi hamda mintaqada ot sportini rivojlantirish yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, 1-iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti G.Baxromjon ishtirokida muhim uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Ushbu uchrashuv doirasida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilinadi:

— mintaqaviy rivojlanish rejasi
— federatsiya faoliyat rejasi
— ot sporti yo‘nalishlarini rivojlantirish

Mazkur tashabbus FEI tomonidan milliy federatsiyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqada ot sportini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

___________

🐴В рамках FEI Sport Forum 2026 состоялась встреча в формате Solidarity Meeting среди стран Группы III где Газиев Бахромжон является членом совета департамента.

Для справки, в состав FEI Solidarity входят следующие 11 стран:

🔹 Кавказско-Каспийская группа — Азербайджан, Армения, Грузия
🔹 Среднеазиатская группа — Казахстан, Кыргызистан, Туркменистан, Узбекистан, Иран
🔹 Восточноевропейская группа — Россия, Беларусь, Молдова

В ходе совещания директор программы солидарности FEI — Jean-Philippe Camboulives — подробно ознакомился с интересами, потребностями и актуальными запросами национальных федераций, подчеркнув готовность оказывать поддержку для дальнейшего развития конного спорта в регионе.

Также была озвучена информация о предстоящей важной встрече, запланированной на 1 июля, с участием президента Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана. В рамках данной встречи планируется обсудить ключевые вопросы, включая:
— региональный план развития
— план деятельности федерации
— развитие дисциплин конного спорта

Эта инициатива подтверждает последовательную работу Fédération Équestre Internationale по укреплению сотрудничества с национальными федерациями и развитию конного спорта в регионе.