🇺🇿🐎 O‘zbekiston jahon tent-pegging sportida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda
2026-yil 3–4-aprel kunlari Maskat (Ummon🇴🇲) shahrida Xalqaro tent-pegging federatsiyasining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda sportni rivojlantirishning muhim masalalari hamda jahon chempionatlariga saralash mezonlari muhokama qilindi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga O‘zbekiston tent-pegging, ot ustida kamondan otish va jigitovka federatsiyasi prezidenti Baxromjon Gaziyev boshchilik qildi. Uning assambleyadagi faol ishtiroki mamlakatimizning jahon sport hamjamiyatiga yanada chuqur integratsiyalashuvga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. Assambleya doirasida ijroiya qo‘mita a’zolari saylovi bo‘lib o‘tdi va unga ko‘ra, O‘zbekiston tent-pegging, ot ustida kamondan otish va jigitovka federatsiyasi prezidenti B.Gaziyevning nomzodi ham ushbu nomzodlikka qo’yilgan edi, va 27 foiz ovoz to‘plab, qo‘mita a’zoligiga saylandi.
📈 O‘zbekiston vakilining ITPF rahbar organiga kirishi milliy tashabbuslarni ilgari surish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizning tent-pegging sporti kelajagini shakllantirishda faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ot sporti sohasida, xususan tent-pegging yo‘nalishida, jadal rivojlanayotgan va istiqbolli markaz sifatida o‘zini ishonch bilan namoyon etmoqda hamda ushbu sport turini jahon miqyosida ommalashtirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
______________
🇺🇿🐎 Узбекистан усиливает позиции в мировом Тент-пеггинге
3–4 апреля 2026 года в Маскат (Оман🇴🇲) состоялась Генеральная ассамблея Международной федерации тент-пеггинга, на которой обсуждались ключевые вопросы развития спорта и критерии отбора на чемпионаты мира.
🇺🇿 Делегацию Республики Узбекистан возглавил Бахромжон Газиев — президент Федерации Тент-пеггинга, Конной стрельбы из лука и Джигитовки Узбекистана (Uzbekistan Tent Pegging, Horseback Archery and Djigitovka Federation ). Его активное участие в работе ассамблеи подчеркнуло стремление страны к дальнейшей интеграции в мировое спортивное сообщество. В рамках ассамблеи прошли выборы в исполнительный комитет, по итогам которых он, набрав почти 27% голосов, был избран его членом.
📈 Вхождение представителя Узбекистана в руководящий орган ITPF открывает новые возможности для продвижения национальных инициатив, укрепления международного сотрудничества и активного участия страны в формировании будущего Тент-пеггинга.
Сегодня Узбекистан уверенно заявляет о себе как о перспективном и активно развивающемся центре конного спорта, внося весомый вклад в популяризацию Тент-пеггинга на мировой арене.

