“Sharq marvaridi” musobaqasi doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Aba Anaev

“Sharq marvaridi” musobaqasi doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Aba Anaev nomidagi xalqaro otchilik akademiyasi rektori Bayramdurdiyev Pigi Xojamuhammedovich Universal Horses Stable otxonasiga tashrif buyurdi.

Mehmonni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziyev Bahromjon Valiyevich kutib oldi hamda otxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi. Tashrif davomida mehmonlarga otlarni parvarishlash sharoitlari, mashg‘ulot va tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, otxona faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Bunday uchrashuvlar xalqaro aloqalarni kengaytirish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va yilqichilik hamda ot sportini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🇺🇿🤝🏻🇹🇲
__

В рамках соревнований «Жемчужина Востока» Ректор Международной академии коневодства имени Аба Анаева Байрамдурдыев Пыгы Ходжамухаммедович посетил конюшню Universal Horses Stable.

Гостя встретил председатель Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Газиев Бахромжон Валиевич, который организовал экскурсию по конюшне. В ходе визита гостям были представлены условия содержания лошадей, процессы тренировок и подготовки, а также деятельность конюшни.

Подобные встречи способствуют расширению международных связей, обмену опытом между специалистами отрасли и дальнейшему развитию коневодства и конного спорта. 🇺🇿🤝🏻🇹🇲