📰🎉 Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak!O‘zbekiston yilqichilik va

📰🎉 Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak!

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi barcha jurnalistlar, muharrirlar, operatorlar, fotosuratchilar, teleboshlovchilar, internet nashrlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz mamlakatimiz sportini rivojlantirishda, ot sportini keng targ‘ib etishda hamda o‘zbekistonlik sportchilarning yutuqlarini xolis va tezkor yoritishda muhim o‘rin tutadi. Sizlarning professionalligingiz, mas’uliyatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tufayli minglab insonlar sportimizdagi yorqin g‘alabalar, muhim voqealar va yangi yutuqlardan boxabar bo‘lib bormoqda.

Yurtimizda ot sportini rivojlantirish va uni keng yoritish yo‘lidagi samarali hamkorligingiz uchun sizlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ilhom, qiziqarli loyihalar, kasbiy yutuqlar, farovonlik va yangi ijodiy zafarlar tilaymiz. Har bir tayyorlagan materialingiz keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lsin, mehnatingiz doimo yuksak qadrlansin.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎥📸🇺🇿
___

📰🎉 С Днём работников средств массовой информации!

Федерация коневодства и конного спорта Узбекистана сердечно поздравляет всех журналистов, редакторов, операторов, фотографов, телеведущих, представителей интернет-изданий и всех работников средств массовой информации с профессиональным праздником!

Ваш труд играет важную роль в развитии отечественного спорта, популяризации конного спорта и объективном освещении достижений узбекских спортсменов. Благодаря вашему профессионализму, ответственности и преданности своему делу тысячи людей ежедневно узнают о ярких победах, значимых событиях и новых успехах нашего спорта.

Выражаем искреннюю благодарность за плодотворное сотрудничество, поддержку и внимание к развитию конного спорта в нашей стране.

Желаем вам крепкого здоровья, неиссякаемого вдохновения, интересных проектов, профессиональных достижений, благополучия и новых творческих успехов. Пусть ваша работа всегда будет востребованной, а каждый материал находит широкий отклик у аудитории.

С праздником! 🎥📸🇺🇿