Bahromjon Gaziyev “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandiTurli sohalarda

Bahromjon Gaziyev “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Turli sohalarda yurtimiz taraqqiyoti va xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh fidoyi mutaxassislar “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Valiyevich Gaziyev ham bor.

Mazkur yuksak eʼtirof Bahromjon Valiyevichning mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, sport boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Oʻzbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yoʻlidagi koʻp yillik samarali faoliyatining munosib eʼtirofi boʻldi.

Bahromjon Gaziyevning tashabbusi bilan Oʻzbekiston sporti tarixida ilk bor qator yangi sport yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyildi va ular uchun alohida federatsiyalar tashkil etildi. Xususan, u Oʻzbekiston chovgan va tuyalar sporti federatsiyasi, shuningdek, Oʻzbekiston Tentpegging, jigitovka, ot ustida va an’anaviy kamondan otish federatsiyasi asoschisi hisoblanadi. Avval mamlakatimiz sport tizimida mavjud boʻlmagan ushbu yoʻnalishlar aynan uning tashabbusi va saʼy-harakatlari bilan yoʻlga qoʻyilib, bugungi kunda izchil rivojlanib, xalqaro maydonda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, Bahromjon Valiyevich nafaqat sportni rivojlantirish, balki mamlakatimiz madaniy hayotiga ham munosib hissa qoʻshgan. Uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonda san’at asarlari bo‘yicha ilk auksion uyi Art Vernissage, shuningdek, respublikadagi ilk madaniy boyliklarni baholash kompaniyasi Art Appraisal Center tashkil etildi. Bu esa uning yuksak bilimli, intellektual salohiyatga ega va keng dunyoqarashli shaxs ekanini yaqqol namoyon etadi. Sport va san’atni hayotining ajralmas qismi sifatida rivojlantirib kelayotgan Bahromjon Gaziyev o‘z faoliyati bilan ushbu yo‘nalishlar inson shaxsini kamol toptirish, did, intizom va yuksak madaniy tafakkurni shakllantirishda muhim o‘rin tutishini amalda namoyish etmoqda.

Ushbu mukofot Bahromjon Valiyevichning Oʻzbekistonda sportning yangi yoʻnalishlarini yaratish va rivojlantirish, milliy hamda xalqaro sport turlarini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimiz madaniy va sport salohiyatini yuksaltirish hamda Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlarining yuksak eʼtirofi boʻldi.
__

Бахромжон Газиев награждён нагрудным знаком «Oʻzbekiston belgisi»

Группа специалистов, внесших значительный вклад в развитие потенциала нашей страны и повышение её международного авторитета в различных сферах, была удостоена нагрудного знака «Oʻzbekiston belgisi». Особенно примечательно, что среди награждённых — председатель Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Бахромжон Валиевич Газиев.

Эта высокая награда стала заслуженным признанием многолетней плодотворной деятельности Бахромжона Валиевича по развитию коневодства и конного спорта в нашей стране, совершенствованию спортивной системы, расширению международного сотрудничества и укреплению авторитета узбекского спорта на мировой арене.

По инициативе Бахромжона Газиева в истории Узбекистана впервые были созданы и получили официальное развитие сразу несколько новых спортивных направлений и соответствующих федераций. В частности, он является основателем Федерации верблюжьего спорта Узбекистана, Федерации човгана Узбекистана, а также Федерации Узбекистана по тентпеггингу, джигитовке, традиционной стрельбе из лука и стрельбе из лука верхом. Именно благодаря его инициативе и многолетней работе эти виды спорта, ранее отсутствовавшие в спортивной системе страны, получили своё развитие, были официально учреждены и сегодня достойно представляют Узбекистан на международной арене.

Кроме того, помимо развития спорта, Бахромжон Валиевич внёс значительный вклад и в культурную сферу страны. По его инициативе были созданы первый в Узбекистане аукционный дом предметов искусства Art Vernissage, а также первая в республике оценочная компания культурных ценностей Art Appraisal Center.