🇺🇿 Bekzod Kurbanov — Yevrosiyo ligasi finali doirasidagi yettinchi musobaqaning bronza medali sovrindori! 🥉
22-noyabr kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston) FEI Jahon kubogi — Yevrosiyo ligasi finali doirasida to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha balandligi 135 sm bo‘lgan yettinchi musobaqa bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov Santos Hippica laqabli oti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va musobaqaning bronza medali sovrindoriga aylandi! 🥉
Musobaqa natijalari:
🥇 1-o‘rin — Rinat Galimov 🇰🇬 — Enrique PKZ
🥈 2-o‘rin — Ayan Gani 🇰🇿 — Quattro VDB
🥉 3-o‘rin — Bekzod Kurbanov 🇺🇿 — Santos Hippica
__
🇺🇿 Бекзод Курбанов — бронзовый призёр седьмого соревнования в рамках финала Евразийской лиги! 🥉
22 ноября в Астане (Казахстан) в рамках финала Кубка мира FEI — Евразийской лиги состоялось седьмое соревнование по преодолению препятствий высотой 135 см.
Представитель сборной Узбекистана Бекзод Курбанов на лошади по кличке Santos Hippica успешно выступил, занял почётное 3-е место и стал бронзовым призёром соревнования! 🥉
Результаты соревнования:
🥇 1-е место — Rinat Galimov 🇰🇬 — Enrique PKZ
🥈 2-е место — Ayan Gani 🇰🇿 — Quattro VDB
🥉 3-е место — Бекзод Курбанов 🇺🇿 — Santos Hippica
