10-yanvar kuni Quvayt 🇰🇼shahrida Osiyo Bosh Assambleyasining navbatdagi bosqichida

10-yanvar kuni Quvayt 🇰🇼shahrida Osiyo Bosh Assambleyasining navbatdagi bosqichida mintaqaviy davlatlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston 🇺🇿Yiliqchlik va Ot sporti federatsiyasi II guruh tarkibida ishtirok etdi. Ushbu guruhga Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlari kiradi.🇺🇿🇰🇼🇮🇷🇵🇼🇰🇬🇦🇫🇹🇲

Mazkur uchrashuvda mintaqaviy guruhlarni rivojlantirish, ularning salohiyatini oshirish, shuningdek, ushbu hududiy federatsiyalarni yangi a’zolar bilan to‘ldirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi – kelgusi jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlariga qo‘shimcha litsenziyalar olish imkoniyatini kengaytirishdir.📝

Shuningdek, Yaponiyada 🇯🇵2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida konkurning balandlik standartlariga oid masalalar ham muhim mavzulardan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Delegatsiyalar bu masalada aniq tavsiyalar ishlab chiqib, musobaqalar qoidalarini yanada takomillashtirish zaruratini bildirdilar.🏆

Uchrashuv davomida hududiy federatsiyalarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, sportchilarni xalqaro musobaqalarga sifatli tayyorlash va ot sportining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu muloqot Osiyo mamlakatlari ot sporti salohiyatini oshirish va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishishga qaratilgan yangi rejalarni amalga oshirishga yo‘l ochadi.🌍

——————————————
10 января в городе Кувейт 🇰🇼состоялась встреча региональных государств в рамках очередного этапа Азиатской Генеральной Ассамблеи. В мероприятии Федерация Коневодства и Конного Спорта Узбекистана 🇺🇿приняла участие в составе II группы, куда входят такие страны, как Иран, Казахстан, Кыргызстан, Туркменистан и Афганистан.🇺🇿🇵🇼🇰🇼🇰🇬🇮🇷🇹🇲🇦🇫

На встрече обсуждались вопросы развития региональных групп, повышения их потенциала, а также расширения территориальных федераций за счет новых участников. Основной целью этих инициатив является получение дополнительных лицензий на участие в предстоящих чемпионатах мира и Олимпийских играх.📝

Кроме того, важной темой дискуссии стали вопросы, касающиеся стандартов высоты препятствий в конкуре на Азиатских играх 2026 года, которые пройдут в Японии. Делегаты выдвинули конкретные рекомендации и подчеркнули необходимость совершенствования правил проведения соревнований.🏆

В ходе встречи было достигнуто соглашение о необходимости укрепления сотрудничества между региональными федерациями, качественной подготовки спортсменов к международным соревнованиям, а также дальнейшего развития всех направлений конного спорта. Данный диалог открыл новые перспективы для повышения потенциала конного спорта стран Азии и достижения международных успехов.🌍
#xabarlar #uznews #sportuz #uzbekistan #sportyangliklari #generalassamly