Yana bir xushxabar!2025-yil 25-yanvar kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida O‘zbekiston

Yana bir xushxabar!

2025-yil 25-yanvar kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Indoneziyaning ot sporti federatsiyasi o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumni O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziev Bahromjon va Jakarta Ot Sporti Federatsiyasi bosh kotibi Adina Yuanita o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv ot sportini rivojlantirish yo‘lida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borilishi rejalashtirilgan:

Xalqaro tajriba almashish;
Yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish;
Qo‘shma musobaqalar va tadbirlar tashkil etish;
Ot sporti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazish.
Ot sportini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar
Memorandumning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Indoneziya bilan hamkorlikda ot sportini yangi bosqichga olib chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu kabi kelishuvlar nafaqat sport sohasida, balki madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Gaziev Bahromjonning tashabbuslari
Gaziev Bahromjonning ot sportini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari O‘zbekistonda ushbu sport turini ommalashtirishga va uni xalqaro maydonda tanitishga katta hissa qo‘shmoqda. Uning sa’y-harakatlari butun Osiyoda ot sportini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutmoqda.

Jakartada imzolangan bu memorandum O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi sport hamkorligini mustahkamlashda, ot sporti rivojida yangi sahifani ochib berdi va ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratdi.
———————————-
Еще одна хорошая новость!

25 января 2025 года в Джакарте, Индонезия, был подписан меморандум о взаимопонимании между Федерацией коневодства и конного спорта Узбекистана и Федерацией конного спорта Индонезии.
Меморандум был подписан между председателем Федерации коневодства и конного спорта Узбекистана Газиевым Бахрамжаном и генеральным секретарем Федерации конного спорта Джакарты Адиной Юанита.

Данный меморандум положил основу новому этапу сотрудничества двух стран на пути развития конного спорта. В рамках меморандума планируется работа по следующим направлениям:

международный обмен опытом;
поддержка молодых спортсменов и создание для них новых возможностей;
организация совместных соревнований и мероприятий;
проведение тренингов и семинаров по конному спорту.

Подписание меморандума имеет важное значение для повышения престижа Узбекистана на международной спортивной арене и в сотрудничестве с Индонезией создаст широкие возможности для вывода конного спорта на новый уровень. Подобные соглашения служат не только развитию спорта, но и для укрепления культурных и экономических связей.

Инициативы Бахрамжана
Газиева вносят большой вклад в популяризацию конных видов спорта в Узбекистане и его продвижение на международной арене. Его усилия играют важную роль в выводе конного спорта республики на новый уровень развития всей Азии.

Этот меморандум, подписанный в Джакарте, открыл новую страницу в укреплении спортивного сотрудничества между Узбекистаном и Индонезией, развитию конного спорта и заложил прочную основу для дальнейшего углубления культурных связей между двумя странами.