Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5211-son Qarorining amaliy ijrosi ta’minlanmoqda. Xususan, yangilanish, hamjihatlik va farovonlik ramzi bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 23 mart kuni soat 17:00 da Milliy gvardiya boshchiligida Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalarining kavaleriya hamda otliq bo‘linmalari ishtirokida “Otliq kavaleriya” paradi o‘tkazilmoqda.

Parad ishtirokchilari “O‘zbekiston” mehmonxonasi avtoturarjoyidan Amir Temur xiyoboni bo‘ylab, “Hyatt” mehmonxonasi avtoturarjoyigacha bo‘lgan masofada harakatlanishlari belgilangan.

Mazkur tadbirda yuqorida qayd etilgan vazirlik va tashkilotlardan (Milliy gvardiya faxriy qorovul batalyoni kavaleriya eskadroni, Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Milliy gvardiya Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaа vazirligi, Jamiyat xavfsizligi universiteti, Toshkent shahar IIBB PPHB OTDXTB otliq otryadi, O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi chavandozlari) 100 ga yaqin otliqlar ishtirok etmoqda.🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#sportyangliklari #navruz #dunyoxabaralari