Fransiyalik tajribali murabbiy Olivier Billaund O‘zbekistonda mahorat darsi o‘tkazdi

Fransiyalik tajribali murabbiy Olivier Billaund O‘zbekistonda mahorat darsi o‘tkazdi 📝

2025-yil 11-may kuni Milliy gvardiya Oliy sport mahorati maktabida Fransiyadan tashrif buyurgan nufuzli va tajribali murabbiy Olivier Billaund ishtirokida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonda ot sporti sohasini yanada rivojlantirish, yosh sportchilarni zamonaviy metodlar asosida tayyorlash hamda xalqaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi. Olivier Billaund o‘zining ko‘p yillik tajribasi va bilimlari bilan ishtirokchilarga nazariy va amaliy jihatdan qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.📚📚📚

Mahorat darsi davomida sportchilar otlarni parvarishlash, ularning fiziologiyasi, jumladan, ichki sekretsiya bezlari faoliyati haqida mutaxassis fikrlari bilan tanishdilar. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida murabbiy ot sport turlarida yuksak natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislik yo‘nalishlari, tayyorgarlik bosqichlari hamda sport psixologiyasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.🔍✏️📝

Tadbir yakunida murabbiy va ishtirokchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi, u yerda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.📖

Mazkur seminar ot sporti sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga va milliy sportchilarimizning mahorat darajasini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.🇺🇿🎉🇫🇷
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

Французский эксперт-тренер Olivier Billaund провел мастер-класс в Узбекистане 📝

11 мая 2025 года в Высшей школе спортивного мастерства Национальной гвардии состоялся специализированный мастер-класс с участием авторитетного и опытного тренера из Франции — Olivier Billaund 📖

Целью мероприятия стало дальнейшее развитие конного спорта в Узбекистане, подготовка молодых спортсменов на основе современных методик, а также обмен международным опытом. Olivier Billaund поделился с участниками теоретическими и практическими знаниями, основанными на многолетнем опыте работы в данной сфере.🔍

В ходе мастер-класса спортсмены получили ценные знания о правильном уходе за лошадьми, их физиологии, включая деятельность эндокринной системы. Кроме того, в рамках тренировки тренер подробно остановился на таких темах, как профессиональные направления в конном спорте, этапы подготовки, а также психологические аспекты достижения высоких результатов в соревнованиях.🖇️📚📚📚

По завершении мероприятия состоялся открытый диалог между тренером и участниками, в ходе которого были даны ответы на интересующие вопросы.✏️🌏

Данный семинар, несомненно, будет способствовать укреплению международного сотрудничества в сфере конного спорта, а также повышению уровня мастерства национальных спортсменов.🇺🇿🎉🇺🇿📝
#equestriannews #uzxabarlar #cavallo #jumpingregulations #sportxabarlari