O‘zbekiston chempionati: ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha yirik

O‘zbekiston chempionati: ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha yirik musobaqa📨

2025-yil 13–16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasida ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy dasturlar doirasida kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tadi.⚜️🐎

Musobaqa uch kun davom etadi va har kuni sportchilarning turli yo‘nalishlardagi mahoratlari sinovdan o‘tkaziladi:🌏📖

1-kun – Ot Yo’rttirish (dressage)
2-kun – maydon sinovlari (kross),
3-kun – to‘siqlardan sakrash (konkur).
Mazkur musobaqa sportchilar uchun o‘z bilim, ko‘nikma va jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etish, shuningdek, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik bosqichida muhim tajriba orttirish imkonini beradi.
📚

Chempionat doirasida yurtimizning turli hududlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu yirik sport tadbiri ot sportining ommalashuvi va professional sportchilarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

Barcha ishtirokchilarga musobaqada omad tilaymiz! 🎉
#feijumping #Live #sportyanglik #dunyoxabaralari #uznews #uzxabarlar #sportyangliklari