O‘zbekiston chempionati: Uch kurash yo‘nalishidagi musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi
2025-yil, Andijon shahri 16- may
🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Avval xabar berganimizdek, ot sportining uch kurash yo‘nalishida (yakkalik va jamoaviy dasturlar bo‘yicha) kattalar o‘rtasida (erkaklar va ayollar) O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu nufuzli musobaqa Andijon shahrida muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi va o‘z nihoyasiga yetdi.✏️
Chempionatda respublikaning turli hududlaridan kelgan eng sara chavandozlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:🖇️📊
“2 yulduz” A toifasi:⭐️⭐️
🥇Raimjonov Muhammaddiyor
🥈Esonov Abror
🥉Nigmativ Ashravxon
“2 yulduz” B toifasi:⭐️⭐️
🥇Xatambekov Jasurbek
🥈Esonov Abror
🥉Qudratov Abbos
“2 yulduz” (qisqa format):⭐️⭐️
🥇Dominova Arina
🥈Mirhoydarov Behruz
🥉Qudratov Abbos
“1 yulduz” toifasi:⭐️
🥇Dvoryanskiy Maksim
🥈Abdullayev Maruf
🥉Abdurahmonova Medina
Mazkur musobaqa nafaqat sportchilar uchun muhim sinov maydoni bo‘ldi, balki O‘zbekiston ot sportining yuksalib borayotgan salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.⚜️🔗🏆
O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi barcha ishtirokchilarni tabriklaydi va ularga kelgusida ham ulkan yutuqlar tilaydi. 📝⚜️
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#sportuz #Live #dunyoxabaralari #jumpingregulations #feijumping #sportxabarlari