Oʻzbekistonlik ot sportchisi xalqaro musobaqada 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi
Joriy yilning 16 -may kuni Qirgʻizistonning Bishkek shahrida CSI1*~W toifasidagi nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada turli davlatlardan yetuk sportchilar ishtirok etib, oʻz mahoratlarini namoyon qilishdi.🔗🖇️🎉⚜️
Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Alimjanov Xurshidbek 140 sm balandlikdagi toʻsiqlar boʻyicha oʻtkazilgan bahsda Champions League laqabli oti bilan ishtirok etib, muvaffaqiyatli chiqish qildi va faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.🥇🏆🇺🇿
Yakuniy natijalar:
🥇 Alimjanov Xurshidbek (Oʻzbekiston) — Champions League
🥈 Soklenko Oleg (Qozogʻiston) — Cinderella
🥉 Kurbanov Begzod (Oʻzbekiston) — Matts V.G
Mazkur yutuq Oʻzbekiston ot sporti rivojlanayotganining yaqqol dalilidir. Sportchimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!⭐️🌏