2025 yil 21–23 may kunlari Andijon viloyatida uch kurash sporti bo‘yicha kichik o‘smir ,ósmirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi 💬🗓️
2025 yil 21–23 may kunlari Andijon viloyatida uch kurash sportining yakkalik va jamoaviy yo‘nalishlari bo‘yicha kichik, o‘smir va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati muvaffaqiyatli tashkil etildi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan — Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent shahri va boshqa viloyatlardan yuzlab yosh sportchilar ishtirok etdi.
Mazkur chempionat yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport orqali ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etildi. Chempionat davomida sportchilar o‘z mahoratlari va tayyorgarlik darajalarini namoyon etib, ko‘plab yorqin bellashuvlarga sababchi bo‘lishdi.
Musobaqa natijalari quyidagicha:
2 Uzun format A:*⭐️⭐️
1-o‘rin – Muhammadov Samandar (Mustang)
2-o‘rin – Mirhaydarov Behruz (Camaro)
3-o‘rin – Buriev Asad (Cross)
2 Uzun format B:*⭐️⭐️
1-o‘rin – Zaytseva Veronika (Goodman Ji)
2-o‘rin – Sobirjonov Sulaymon (Farishta)
3-o‘rin – Qudratov Abbos (Aristokrat)
2 Qisqa format:*⭐️⭐️
1-o‘rin – Abdurahmonova Medina (Jizel)
2-o‘rin – Mamadaliev Dilshodbek (Orang Vayt)
3-o‘rin – Amanov Sultonxon (Navruz)
1 Intro:*⭐️
1-o‘rin – Azimov Ravshan (Epika)
2-o‘rin – Ruziyeva Shahzoda (Marta)
3-o‘rin – Tolibjonov Abdullaziz (Red 2)
Bolalar kategoriyasi C:🎉
1-o‘rin – Sodiqova Alisa (Garpus)
2-o‘rin – Yo‘ldoshev MuhammadYusuf (Yangtse L)
3-o‘rin – Isaqov Nurmuhammad (Arsenal)
💬.Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.🔥
#otspotri #koniysport #uznews #uzsport