Ot sportining uch kurash yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga

Ot sportining uch kurash yo‘nalishida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi

📍 Andijon viloyatida ot sportining uch kurash yo‘nalishining yakkalik va jamoaviy dasturlari bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘z yakuniga yetdi.

💬Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 52 nafar sportchilar 3 kun mobaynida o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

🏆 Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube