Oʻzbekiston terma jamoasi Ostonadagi musobaqada faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi!🥈🏆2025

Oʻzbekiston terma jamoasi Ostonadagi musobaqada faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi!🥈🏆

2025 yil 29 maydan 1 iyungacha Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro ot sporti musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bellashuvda Markaziy Osiyoning yetakchi jamoalari ishtirok etib, 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha jamoaviy bahslar boʻlib oʻtdi.

Qizgin va murosasiz kurashlar natijasida jamoaviy natijalar quyidagicha shakllandi:

🥇Qozogʻiston 🇰🇿
🥈Oʻzbekiston 🇺🇿
🥉Qirgʻiziston 🇰🇬

Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada aʼlo darajada ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu natija yurtimizda ot sportiga qaratilgan eʼtibor va saʼy-harakatlarning samara­si sifatida eʼtirof etiladi.

Musobaqa davomida sportchilarimiz yuksak mahorat, jipslik va vatanparvarlikni namoyon etdilar. Ushbu yutuq yurtimiz sportining yanada rivojlanishiga turtki boʻladi.🏆⚜️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
🇺🇿🏇 Серебро в Астане!

Сборная Узбекистана по конному спорту завоевала 2-е место на международных соревнованиях в Астане!
130 см барьеров, напряжённая борьба и заслуженное
🥈среди лучших команд Центральной Азии:

🥇Казахстан🇰🇿
🥈Узбекистан🇺🇿
🥉Кыргызстан🇰🇬

Наши спортсмены показали невероятное мастерство, силу духа и любовь к Родине. Гордимся! 💙🤍💚
#Oʻzbekiston #КонныйСпорт #SportUz #Astanа2025