O‘zbekiston yosh sportchilari Ostona shahridagi xalqaro musobaqada yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda🔆📝
2025-yil 31-may kuni Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro sport musobaqasi doirasida konkur yónalishida O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ushbu musobaqa 7 davlatdan kelgan turli yosh toifalaridagi sportchilar ishtirokida o‘tkazilmoqda.🏆⚜️
Musobaqaning navbatdagi bosqichida, 130 va 145 sm balandligdagi tósiqlardan sakrash yo‘nalishida (konkur)o‘zbekistonlik sportchilar yuksak mahorat va tayyorgarlikni namoyon etdilar.
Xalqaro turnir doirasida Ostona shahrida 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan iborat Maxima Masters Eurasia Kichik Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yo‘nalish g‘oliblari:
🥇 Khurshidbek Alimjanov (O‘zbekiston)🇺🇿
🥈 Bekzhan Bayzhanuly (Qozog‘iston)🇰🇿
🥉 Rinat Galimov (Qirg‘iziston)🇰🇬
Quyidagi natijalar qayd etildi 145 sm ;
🥇 Sharipov Akbar (O‘zbekiston) 🇺🇿 — 1-o‘rin
🥈 Kurbonov Bekzod (O‘zbekiston) 🇺🇿 — 2-o‘rin
🥉Qirg‘iziston vakili Kamil Sabitov🇰🇬 — 3-o‘rin
Mazkur yutuqlar O‘zbekiston sport maktablarida olib borilayotgan tizimli ishlar, yoshlar sportiga qaratilgan e’tibor va murabbiylar mehnatining samarasidir. Sportchilarimiz musobaqaning har bir bosqichida fidoyilik bilan ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarib kelmoqdalar.
Musobaqaning final bosqichi 2025-yil 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari faol ishtirok etishi rejalashtirilgan.🔶🔸
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#eq #uzb #uzbekistan #otsporti