Sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari xodimlari uchun antidoping bo‘yicha seminar tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida “Antidoping ma’muriyatchiligi va boshqaruv tizimi (ADAMS) hamda natijalarni boshqarish jarayoni – dolzarb muammolar va yechimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning antidoping sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Seminarda Sport vaziri Adham Ikromov, vazir o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qo‘mita raisining o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadiqov hamda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining murabbiylari, sport shifokorlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda Ózbekiston yilliqchlik va ot sporti federatsiyasi bosh kotibi Aloxoja Shadihôjayev ham qatnashdi.
Seminar davomida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan ADAMS tizimidan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan eng ko‘p uchraydigan xatoliklar, ularning oqibatlari, shuningdek, natijalarni boshqarish jarayonida sportchilar va ularning vakillarining huquq va majburiyatlari, terapevtik istisnolarni qo‘llash mezonlari, mavjud kamchiliklar va ularning yechimlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar olishdi va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Seminar antidoping siyosatini samarali amalga oshirish va sportda halollik prinsiplarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uzb #uzbnews #olimicuz #eq