O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo ligasida ishtirok etish uchun Rossiyaga

O‘zbekiston terma jamoasi Yevrosiyo ligasida ishtirok etish uchun Rossiyaga yo‘l oldi🇺🇿🎉
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi ot sportning uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro Yevrosiyo ligasi musoboqada ishtirok etish maqsadida Moskva viloyatida joylashgan Maxima Stable ot sporti klubiga jo’nab ketishdi.

Mazkur Musoboqa – Yevrosiyo miqyosidagi nufuzli sport musoboqasidan biri bo‘lib, unda turli mamlakatlardan sara sportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. O‘zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqada ishtiroki mamlakatimiz sportchilari uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, shuningdek, jahon sport maydonida targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!
🏆🇷🇺🏆🇺🇿