Hurmatli ot sporti muxlislari!
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonning uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha milliy terma jamoasi Yevrosiyo ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun Moskva viloyatida o‘quv-yig‘ini mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.📨📈
Musobaqa doirasida sportchilarimiz 2-iyul kuni ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo’yicha musobaqada ishtirok etishadi. Hozirda vakillarimiz musobaqa oldi mashg’ulotlarida jiddiy va puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.⏳⌛️
O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan barcha sportchilarimizga muvaffaqiyatlar va omadlar tilaymiz! Sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz!🏆
#uz #ot #sporti #eq #uznews