O’zbekiston Respublikasi prezidentining PQ 5212 sonli qarori ijrosi yuzasidan chavandozlar maktabida ot sportini rivojlantirish togrisida 🏵️📥📈
Toshkent, 2025-yil 19-iyun – Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, sportchilar mahoratini oshirish bo‘yicha hamkor tashkilot va muhim birlashma ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.🎗️
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bosh kotib , Toshkent shahar Milliy gvardiyasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, polo federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir sportni rivojlantirish bo‘yicha mavjud va istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.🏆
Ishtirokchilar hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sport nomini xalqaro miqyosda yanada targ‘ib qilishning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Shu bilan birga, sport inshootlarini modernizatsiya qilish, yangi musobaqalar tashkil etish, tajribali murabbiylarni jalb etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha kelgusida ishlab chiqarish bo‘yicha aniq reja va chora-tadbirlar belgilanib, shu asosda ot sportini yanada rivojlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
#SportYangiliklari #KonniySport #GrandPrix #ShowJumping #OtSporti #jumpingregulations 🐎