O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi Yevrosiyo Ligasida yuksak natijalarga erishmoqda
📍Moskva, 2025-yil 20-iyun
Rossiyaning Moskva viloyatida 19–22 iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan Yevrosiyo Ligasi doirasidagi xalqaro ot sporti musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yuqori natijalar qayd etib, xalqaro maydonda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.
20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvlar O‘zbekistonlik sportchilar uchun sermahsul bo‘ldi. Jumladan:
115 sm to‘siq balandligi bo‘yicha bahslarda:
🥇1-o‘rin – Stepanova Daniela (Rossiya)🇷🇺
🥈2-o‘rin – Alimjonov Xurshidbek (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉3-o‘rin – Xisamudinov Marat
120–125 sm to‘siq balandligi bo‘yicha esa:
🥇1-o‘rin – Galimov Rinat (Qirg‘iziston)🇰🇬
🥈2-o‘rin – Alimjonov Xurshidbek (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉3-o‘rin – Simonova Xristina (Rossiya)🇷🇺
Musobaqaning eng muhim va tarixiy natijalaridan biri — 150 sm balandlikdagi saralash bosqichida O‘zbekiston vakili Alimjonov Xurshidbekning g‘alabasi bo‘ldi. U Olimpiada darajasidagi to‘siq balandligidan muvaffaqiyatli sakrab o‘tib, grand-prix bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🏆Grand-prix natijalari:
🥇1-o‘rin – Alimjonov Xurshidbek (O‘zbekiston)🇺🇿
🥈2-o‘rin – Petrov Sergey (Rossiya)🇷🇺
🥉3-o‘rin – Xayrullina Kseniya (Rossiya)🇷🇺
Bu natijalar O‘zbekistonda ot sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy tayyorgarlik tizimi va sportchilarning tinimsiz mehnatining amaliy natijasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
🔜Musobaqalar hali davom etmoqda. O‘zbekiston ot sporti terma jamoasining keyingi bosqichlarda ham yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildirilmoqda.📈
📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#jumpingregulations #OtSporti #ShowJumping #GrandPrix #KonniySport