Toshkentda xalqaro Olimpiya kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi🏆
Yurtimizda har yili katta tantana bilan nishonlanadigan Xalqaro Olimpiya kuni bu yil ham oʻzgacha shukuhda qarshi olindi. Tadbirga terma jamoalarimizga asosiy zaxira sportchilarni yetishtirib beradigan poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qildi.
Bayramda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” kompaniyasi rahbariyati, oʻzbek sportining yulduzlari, federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullari, yosh atletlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Ot sporti fedrasiyasi raisi Va uning orinbosarlari hamda federatsiya a’zolari ishtirok etishdi
Tantanali ochilish marosimida soʻz olgan rasmiylar Xalqaro Olimpiya kunining tarixiy ahamiyati, uning jahon sport sohasida tutgan oʻrni va mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish yoʻlida Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida gapirib oʻtishdi. Olimpiya gʻoyalari — tinchlik, doʻstlik va birdamlikni targʻib etuvchi kuch sifatida alohida taʼkidlandi.
Bu yilgi tantana “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” bilan hamkorlikda nishonlandi. Kompaniya mamlakatimizda Olimpiya harakatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida poytaxtimizdagi qator sport maktablariga Birlashgan kurash dunyosi (UWW) standartlariga toʻla javob beradigan zamonaviy gilamlarni sovgʻa qildi.
Yosh sportchilar mehmonlar uchun futbol, badminton, kamondan otish, stol tennisi, dzyudo, oʻzbek jang san’ati, kurash, taekvondo, qilichbozlik, 3×3 basketbol sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etishdi. Tashrif buyuruvchilar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan sport turlarida imkoniyatlarini sinab koʻrishdi va ular bilan yaqindan tanishishdi.
Olimpiya kuni tantanalari bayram konserti bilan yakunlandi. Musiqiy chiqishlar tadbirga yanada koʻtarinki ruh bagʻishlab, mehmonlar xotirasida yorqin taassurot qoldirdi.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
В Ташкенте на высоком уровне отмечен Международный Олимпийский день
В нашей стране ежегодно с большим размахом празднуется Международный Олимпийский день и в этом году он также прошёл в торжественной атмосфере. Мероприятие состоялось в Республиканском Центре по подготовке к Олимпийским и Паралимпийским видам спорта, расположенный в столице, где воспитываются резервные спортсмены для национальных сборных команд.
В празднике приняли участие руководители Министерства спорта, Национального Олимпийского и Паралимпийского комитетов, руководство компании «LUKOIL Uzbekistan Operating Company», звёзды узбекского спорта, ответственные лица федераций и ассоциаций, юные спортсмены и сотрудники СМИ.
На торжественной церемонии открытия выступавшие официальные лица рассказали об историческом значении Международного Олимпийского дня, его месте в мировом спорте, а также о широкомасштабных реформах, проводимых в нашей стране под руководством Президента в целях развития Олимпийского движения. Особо подчёркивалось, что Олимпийские идеи — это сила, пропагандирующая мир, дружбу и солидарность.
В этом году праздник был организован в сотрудничестве с компанией «LUKOIL Uzbekistan Operating Company». В поддержку Олимпийского движения в стране компания подарила ряду спортивных школ столицы современные ковры, полностью соответствующие стандартам Объединённого мира борьбы (UWW).
Юные спортсмены продемонстрировали гостям показательные выступления по футболу, бадминтону, стрельбе из лука, настольному теннису, дзюдо, узбек жанг санати, курашу, таэквондо, фехтованию и баскетболу 3×3. Посетители смогли лично попробовать различные спортивные дисциплины и ближе познакомиться с их особенностями.
Празднование Олимпийского дня завершилось концертом. Музыкальные номера подарили мероприятию ещё более праздничную атмосферу и оставили яркие впечатления у гостей.
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#OlimpiyaHarakati #OlympicDay
#ShowJumping #jumpingregulations #Uzbekistan #equestriannews #dunyoxabaralari #sportuz 📈

