19-22 iyun kunlari Moskva viloyatida o‘tkazilgan Yevroosiyo ligasi musobaqasi

19-22 iyun kunlari Moskva viloyatida o‘tkazilgan Yevroosiyo ligasi musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi🏆🌟

Moskva viloyatida 19-22 iyun kunlari sportning to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha Yevroosiyo ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning so‘nggi kuni — 22 iyunda final bosqichi yakunlandi hamda jamoalar o‘z o‘rinlari aniqlandi.🐎

Mazkur musobaqada O‘zbekiston 🇺🇿Respublikasi terma jamoasi 3-o‘rin bilan taqdirlandi. Jamoa tarkibiga kirgan sportchilar — Kurbanov Begzod, Sharipov Akbar va Alimjanov Xurshidbek — o‘zlarining yuqori mahoratlari va professional ishtiroklari bilan ajralib chiqdilar.

Ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston 🇰🇬Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi. Jamoa a’zolari Rinat Galimov, Kamil Sabitov, Andrey Lysneko va Andrey Tryapitsin o‘z o‘rnini munosib himoya qildilar.

Musobaqa g‘olibi sifatida Rossiya 🇷🇺Federatsiyasi jamoasi tan olindi. Jamoa a’zolari — Mixaela Shmesheleva, Kseniya Xayrullina, Ivana Malyugina va Sergey Petrov — umumiy hisobda yuqori natijalar ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur musobaqa Yevroosiyo mintaqasida sportning to‘siqlardan sakrash turini rivojlantirish, mintaqaviy sportchilar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va musobaqa ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Cavallo #Uzbekistan #feijumping #jumpingregulations #KonniySport #sportuz #SportYutuqlari #SportYangiliklari #dunyoxabaralari 🎉