2025 yilning 25-29 iyun kunlari Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan

2025 yilning 25-29 iyun kunlari Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan Yevrasiya ligasi musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi hamda umumiy hisobda 1-o‘rinni egalladi.🏆

Musobaqaning 26 iyun kuni o‘tkazilgan ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida terma jamoamiz a’zosi Xurshidbek Alimjanov 140 sm balandlikda a’lo darajada chiqish ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Turnir yakuniy natijalari quyidagicha:

🥇Xurshidbek Alimjanov (O‘zbekiston)
🥈Samoxina Darya (Rossiya)
🥉Shmemshelev Mixail (Rossiya)
🏅Kurbanov Begzod (O‘zbekiston)
🏅Bogdan Vaskovskiy (Rossiya)
Mazkur natijalar O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor tasdiqladi va mamlakatimiz sportchilari jahon arenalarida raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatdi.

Kelgusida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda ham terma jamoamiz yuqori natijalarni ko‘rsatishga intiladi. Jamoamizga va barcha sportchilarga omad tilaymiz.🎉
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#uznews #OtSporti #Uzbekistan #feijumping #jumpingregulations #KonniySport #SportYangiliklari #GrandPrix #uzbekistan ⬆️