12 iyul 2025 yil, Toshkent
⤵️
📌Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Aljiyad Stable otxonasi egasi Ali Almarzoqining O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida Almarzoqi janobi Universal Horses Stable vakili hamda , O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi prezidenti Bahromjon Goziev ham ishtirok etdi.🌍🌎
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ot sporti sohasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish va xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekiston va BAA sportchilari o‘rtasida o‘rin almashish orqali yirik xalqaro musobaqalarda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bahromjon Goziev va Ali Almarzoqi ikki davlat ot sporti jamoalari o‘rtasida hamkorlikda musobaqalar, turnirlar hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qildilar. Shuningdek, sportchilar o‘rtasida tajriba almashinuvi va o‘zaro malaka oshirish dasturlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Aljiyad Stable rahbari Ali Almarzoqi ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik va ochiq muloqot uchun minnatdorchilik bildirib, bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi sport sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh sportchilarning xalqaro tajriba orttirishi hamda ot sportining ommalashuviga xizmat qiladi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dunyoxabaralari #GrandPrix #OtSporti #jumpingregulations #sportxabarlar #dunyoxabarlari #ShowJumping #sportxabarlari ✅

