2025 yil 11 iyul
Toshkent shahri🎉📥
Ot sporti federatsiyasida 6 oylik yakunlari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha ROSMMda YIlqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati, bosh murabbiy, ROSMM direktori o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddi shaxslar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida federatsiya faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, yaqin 6 oy ichida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mahalliy va xalqaro musobaqalar taqvimi atroflicha muhokama qilindi. Musobaqalarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilishda sportchilarni tayyorlash sifati, murabbiylar faoliyati, infratuzilmani rivojlantirish, ot sporti bo‘yicha ommaviylikni oshirish va yosh avlodni ushbu sport turiga jalb etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda amalga oshiriladigan har bir tadbir yuzasidan nazorat mexanizmlari belgilandi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#sportyanglik #jumpingregulations #dressage #OtSporti #GrandPrix #dunyoxabaralari ✅

