16-21-iyul kunlari Moskva shahrida Yevrosiyo miqyosidagi ot sporti musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda🎉
2025-yil 16–21 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan KSK “Maksima Stables” ot sporti majmuasida xalqaro darajadagi Yevrosiyo o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi ot sporti bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. 🏆
Ushbu nufuzli musobaqalarda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston ва boshqa davlatlarning yetakchi chavandozlari ishtirok etmoqda.
Musobaqalar to‘siqlar ustidan sakrash yo‘nalishida o‘tkazilmoqda. Quyidagi dastlabki natijalar bilan tanishing:📥
To’siqlar balandligi 130 sm bo’lgan yo’nalish bo‘yicha:
🥇Erkinov Alisherjon– O‘zbekiston 🇺🇿
🥈Mapus Mikhaylina – Rossiya 🇷🇺
🥉Kseniya Khairulina – Rossiya 🇷🇺
To’siqlar balandligi 125 sm bo’lgan yo’nalish bo‘yicha:
🥇Begzod Kurbanov – O‘zbekiston 🇺🇿
🥈Alisher Erkinov – O‘zbekiston 🇺🇿
🥉Rinat G‘alimov – Qirg‘iziston 🇰🇬
To’siqlar balandligi 120–125 sm bo’lgan yo’nalish bo‘yicha:
🥇Oqil Sobirjonov – O‘zbekiston 🇺🇿
🥈Mariya Alekhina
🥉Milana Gorchakova
To’siqlar balandligi 140 sm bo’lgan yo’nalish bo‘yicha:
🥇Alimjanov Xurshidbek – O‘zbekiston 🇺🇿
🥈Yevgeniy Ovcharenko
🥉Andrey Lysenko
O‘zbekiston chavandozlarining yuksak tayyorgarligi va natijalari xalqaro maydonda mamlakatimiz ot sportining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.
Musobaqalar hali davom etmoqda. Oldinda yana bir qator bellashuvlar rejalashtirilgan. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!🌎
#SportYutuqlari #sportxabarlari #Live #olimpiyada #sportyanglik #sportyanglik #sportuz ✏️

