Alimjanov Xurshidbek “konkur bum” nomli xalqaro ot sporti musobaqasida

Alimjanov Xurshidbek “konkur bum” nomli xalqaro ot sporti musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi🥈🏆

2025 yil 13 iyul kuni Rossiyaning Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan ot sportining (konkur) bo‘yicha “konkur bum”nomli xalqaro musobaqada yurtdoshimiz, iqtidorli chavandoz Alimjanov Xurshidbek yuqori natijaga erishdi.

U tо‘siqlardan sakrash yo‘nalishidagi grant-pri bosqichida balandligi 150 sm bo‘lgan murakkab to‘siqlarni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, musobaqa 🥈kumush medal bilan taqdirlandi.🏆

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning qator davlatlaridan tajribali chavandozlar ishtirok etdi. Kuchli raqobatga qaramay, Alimjanov Xurshidbek o‘zining yuksak mahorati, tayyorgarligi va jasorati bilan ajralib turdi.

G‘olib sportchimizni chin qalbdan tabriklaymiz va unga kelgusidagi musobaqalarda ham yangi marralarni zabt etishini tilaymiz.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#SportYutuqlari #Live #olimpiyada #sportxabarlari #sportxabarlar 🎉