Fransiyalik tajribali mutaxassis Olivier Billaund O‘zbekiston terma jamoasi bilan

Fransiyalik tajribali mutaxassis Olivier Billaund O‘zbekiston terma jamoasi bilan ishlamoqda

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yiliqchlik va ot sporti federatsiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizga taniqli fransiyalik murabbiy, xalqaro darajadagi mutaxassis Olivier Billaund tashrif buyurdi. U ayni paytda Bahrayn davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan faol mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Olivier Billaund o‘zining boy bilim va ko‘p yillik tajribasini sportchilarimiz bilan bo‘lishib, ularning texnik va jismoniy tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilmoqda. Murabbiy ilg‘or yondashuv va zamonaviy metodikalarga asoslangan treninglar orqali jamoaning umumiy saviyasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.🌎🐎

Ushbu xalqaro hamkorlik O‘zbekiston sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.

Ot sporti federatsiyasi Olivier Billaund bilan olib borilayotgan hamkorlikni yuqori baholab, bu kabi tashabbuslarni kelgusida ham davom ettirishga intilmoqda.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Cavallo #dunyoxabarlari #ShowJumping #sportxabarlari #SportYutuqlari #Live 🏆