TOSHKENT – 2025-yilning 5–7- sentyabr kunlari O‘zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro Chavgon musobaqasiga mezbonlik qiladi. 📥
Ushbu nufuzli sport tadbiri mamlakatimizda chavgon sportini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va milliy sport merosimizni dunyoga targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi.
Musobaqada Qozog‘iston, Gonkong, Qirg‘iziston kabi davlatlar jamoalari hamda boshqa bir qator mamlakatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Turnir doirasida xalqaro darajadagi bellashuvlar, madaniy dasturlar va sportchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlovchi tadbirlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston chavgon terma jamoasi musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biz barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz hamda mamlakatimiz vakillaridan yuksak natijalar kutib qolamiz.
Mazkur turnir O‘zbekistonda chavgon sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi va xalqaro sport maydonida yurtimiz nufuzini yana-da oshiradi, degan umiddamiz.
#Live #SportYutuqlari #sportxabarlari ✅🌎

