O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mutaxassis kavaleriyachilari uchun ot sporti

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mutaxassis kavaleriyachilari uchun ot sporti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi

2025-yil iyul oyida Respublika ot sporti mahorati markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan mutaxassis kavaleriyachilar uchun ot sporti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurslari doirasida O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahrom Gaziev tashrif buyurib, mutaxassis kavaleriyachilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida otlarni parvarishlash, to‘g‘ri ovqatlantirish, ularga psixologik yondashuv va boshqa amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Federatsiya raisi mutaxassislarning turli savollariga o‘z tajribasi asosida javob berdi va zamonaviy ot sportini rivojlantириш yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Federatsiya taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan, Xalqaro ot sporti federatsiyasining yetakchi mutaxassisi, fransiyalik Olivier Billaud milliy terma jamoa a’zolari bilan birgalikda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etmoqda. U kishi mutaxassis kavaleriyachilar o‘quv kurslariga xalqaro tajribani joriy etish maqsadida taklif etildi.

Mazkur tashabbus Milliy gvardiya tizimidagi ot sporti salohiyatini oshirish, xizmat otlarini to‘g‘ri parvarishlash va tayyorlash borasida yangi bosqichni boshlab beradi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dunyoxabaralari #Cavallo #sportuz #ShowJumping #TermaJamoa #sportyanglik 🌎