🇷🇺2025-yil 5–7-avgust kunlari
📍Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida
🌎MDX davlatlari o‘rtasidagi ot sportining uch kurash yo‘nalishida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿 Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
💥Ayniqsa, bu safar musobaqada ilk bor qatnashayotgan yosh chavandozlarimiz ishtiroki alohida e’tiborga loyiq. Ular o‘z mahorati, jasorati va fidoyiligi bilan Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishlari kutilmoqda.
🗓3 kun davom etadigan ushbu xalqaro sport anjumani – nafaqat musobaqa, balki do‘stlik, tajriba almashuvi va milliy sportchilarimizning xalqaro maydonda yanada tanilishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
🤲Hurmatli yurtdoshlar! Yigitlarimizga omad, kuch-quvvat va yorqin g‘alabalar tilab qolamiz!
🇺🇿 O‘zbekiston – oldinga!
🏇Chavandozlar – olg‘a!
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
#SportYangiliklari #TeamUzbekistan #DostlikXalqlari2025 #UzbekistanArchery #OtSporti #UzEquestrian 🎉

