2025-yil 12–17 avgust kunlari, Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatida ot

2025-yil 12–17 avgust kunlari, Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — Yevroosiyo Ligasi reglamenti asosidagi “Maliy Kubok Maxima Masters Yevraziya”, “Kubok Maxima Masters Yevraziya” hamda “Maxima Masters Zvezdy Yevrazii” musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi chavandozlar bilan ishtirok etadi:

🔹 Gaziyev Bahromjon
🔹 Valijonov Boburjon
🔹 Kurbanov Bekzod
🔹 Sobirjonov Okiljon
🔹 Alimjonov Xurshidbek
🔹 Erkinov Alisherjon
🔹 Sharipov Akbar
🔹 Xotambekov Jasurbek
🔹 Yuldashev Ibragim

Ular quyidagi otlar bilan maydonga chiqadilar:
La Blue Rouge, Lady, Santos Hippica Quintus HB, Matts V.G., Radeberger, Paris, Chesterman, Champions League, Rembrand II, Queen, Cool Dancer, Condor DDH, Affir, Jodcasall A-Z, Elfakia.

Sportchilarimizga xalqaro arenada omad tilaymiz! Ularning harakatlari nafaqat O‘zbekiston sport sha’nini, balki yurtimiz bayrog‘ini xalqaro miqyosda yuksaltirishga xizmat qiladi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#dunyoxabaralari #OliyMahorat #OtSporti #ShowJumping #TeamUzbekistan #OtSportiFederatsiyasi 📦