Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik: O‘zbekiston ot sportida yangi bosqich sari
2025-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik hamda respublikada ot sporti sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir federatsiya raisi B.Gaziev boshchiligida o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
Olimpiya reyting ochkolarini beruvchi xalqaro musobaqalardagi ishtirok tahlili;
Hududiy Chavandozlar maktablari faoliyati va infratuzilma holati;
Sport otlarini xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayoni;
“3-Yoshlar Osiyo o‘yinlari” (Bahrayn) va “Islom birdamligi o‘yinlari” (Saudiya Arabistoni)ga tayyorgarlik rejasi;
Hududiy va respublika federatsiyasi xodimlari faoliyatining tanqidiy ko‘rib chiqilishi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, kelgusi rejalarga doir topshiriqlar belgilandi.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
📥📥📥📥📥📥📥📥📥📥
#Live #dunyoxabarlari #ShowJumping #UzEquestrian #sportuz 🌎

